Yoshlarga oid siyosat
- Yoshlar forumi va Murojaatnomada belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so’mga yaqin mablag’ zarur bo’ladi
- Bu haqda AOKAdagi brifingda Moliya vaziri o’rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi:
- 〰️〰️〰️
«Yoshlar forumi va davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 41 trln so’mga yaqin mablag’ zarur bo’ladi. Shundan bevosita davlat byudjetidan 20 trln so’m mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan. - Har bir chorak uchun mablag’lar taqsimlanadi va chorakma-chorak ushbu mablag’larning o’zlashtirilishi, maqsadli ishlatilishi nazorat qilinadi.
- 2021 yilda Moliya vazirligiga davlat byudjeti umumtaqchilligini 5,4 foizdan oshirmaslik vazifasi yuklangan. Bu bo’yicha barcha imkoniyatlarimiz mavjud.
- Joriy yilda tuman byudjetlarining 5% (1,2 trln so’m) qismini ekspriment tariqasida jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarga yo’naltirish belgilangan».