Tonirovkaning inson uchun foydali ekanini tan olishdi

21.08.2023

Prezident topshirig‘idan so‘ng rasmiylar "tonirovka"ning inson uchun foydali ekanini tan olishdi

 

Avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdagi tabiiy gaz va elektrda harakatlanadigan avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus oynalarini qoraytish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144.4 ming kvadrat metr plyonkalar "Toshshahartransxizmat"ga taqdim etiladi.

 

Avtobuslarni "tonirovka"lash prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.

Namangan Viloyati Transport Boshqarmasi Rasmiy Telegram kanali:  @nammintrans