Namanganga 24 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

20.08.2024

Namangan viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Exspres dolina» MChJ qo'shma korxonasi tomonidan OOO “SHENGDE FINLEASE” kompaniyasi o‘rtasida 36 dona ZK6950HG modelidagi  avtobuslarini xarid qilish bo'yicha shartnoma imzolangan. Hozirda esa 24 dona YUTONG rusmli avtobuslar Namangan shahriga olib kelindi, qolgan 12 dona vatobuslarni 2024-yil 24-avgust kuniga qadar olib kelish choralari ko'rilmoqda.

Mazkur avtobuslar tez orada Namangan shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.