2024-YIL 16-YANVAR KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

15.12.2023

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1.

168 YT

Toshbuloq-Sho‘rqo‘rg‘on ikki tomondan

2.

311 YT

Chortoq-Qoramurt qishlog‘i ikki tomondan

3.

375 YT 

Chortoq -O‘rikzor ikki tomondan

4.

398 YT

Chortoq-Beshkapa ikki tomondan

5.

373 YT

Jomashuy-Chordona ikki tomondan

6.

258 YT

Uychi-Chortoq ikki tomondan

7.

242 YT

Yangiqo‘rg‘on-Nanay ikki tomondan

8.

394 YT

Yangiqo‘rg‘on-Oxunboboev ko‘cha ikki tomondan

9.

397 YT

Yangiqo‘rg‘on-Mozor ko‘cha ikki tomondan

10.

390 YT

Yangiqo‘rg‘on-Gaznon ikki tomondan

11.

366 YT

Pop-G‘urumsaroy ikki tomondan

12.

414 YT

To‘raqo‘rg‘on-Oqtosh ikki tomondan

13.

284 YT

Ko‘prik boshi-ABZ 8-km ikki tomondan

14.

156 YT

Pop avtostansiyasi-Uyg‘ursoy ikki tomondan

15.

385 YT

Oxangar-Baxt uyi ikki tomondan ikki tomondan

16.

264 YT

Chust avtostansiyasi-Qayirma ikki tomondan

17.

265 YT

Chust avtostansiyasi-Karnon ikki tomondan

18.

223 YT

Xaqulobod-Shaxid mozor ikki tomondan

19.

164 YT

Chust avtostansiyasi-Zvutqand

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(259).