Namangan viloyati transport boshqarmasidagi vakant lavozim

04.09.2023

Tarif narx siyosati bo‘yicha bosh mutaxassis

Oliy ma’lumotga  (Kamida bakalavr darajasiga) ega bo‘lishi

 Mutaxassisligi- Iqtisodiyot (tarmoqlar va

sohalar bo‘yicha), moliya, buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha),transport yo‘nalishlari.

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lish ustunlik beradi.

Mehnat staji- Sohada kamida 3 yillik

mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.

 Davlat tilini bilishi- Davlat tilini mukammal bilishi. Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy va mukammal ifoda eta olishi lozim.

 Xorijiy tilni bilish darajasi-

Kamida 1 ta xorijiy tilni bilishi,

ustuvor ravishda rus yoki ingliz tilini bilishi.

Muhim. Bunda, xorijiy tillarni bilish

darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi

afzalliklar beradi.

Kompyuter savodxonligi-

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi, Word, Excel, PowerPoint, Assess kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

 Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi.

Qo‘shimcha talablar-

Soha bo‘yicha normativ huquqiy

hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab

chiqish tajribasi