Namanganga 100 ta yangi avtobuslar olib kelinadi
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov va Namangan viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Turg‘unov hamda “Xumo avto plyus” MChJ raxbari Omon Nasirovlar Toshkent shahrida “Yutong bus co.,LTD” kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha prezidenti Djeff Syao boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash, zamonaviy avtobuslar sotib olish va ularga servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar davomida “Xumo avto plyus” MChJ hamda “Yutong Hongkong Limited” kompaniyasi o‘rtasida 100 dona ZK6890HG modelidagi avtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnoma imzolan
https://t.me/nammintrans