Namangan shahrini transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish boyicha qilinayotgan ishlar

24.08.2023

Joriy yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori ijrosini bajarilishi hamda bajarilgan ishlarni ketishi va yuzasidan Adminstratsiya rahabarining topshirigiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruxi viloyat transport boshkarmasi tomonidan olib borilgan ishlar taddimoti bilan tanishishdi.

Qarorga ko‘ra Namangan shahrini transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish, yangi avtobuslar sotib olish, muntazam shaxar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga o‘tish choralari ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha taklifidan kelib chiqib, Namangan viloyat transport boshkarmasi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy statistika ma’lumotlari, jumladan: aholi soni, ish joylarini soni, yashash joylari bo‘yicha talabalarning soni, yashash joyi bo‘yicha maktab o‘quvchilari soni, yashash joyi bo‘yicha bolalar soni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarni joylashuvi, ko‘chib yuruvchi aholi soni, aholini transportda harakatchanligini so‘rovnomadan o‘tkazish bo‘yicha demografik, geografik, ijtimoiy va iqtisodiy ma’lumotlar bazasini shakillantirish ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Kelgusi ishlar yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

  https://t.me/nammintrans  (@nammintrans)