Litsenziyalash jarayoni elektron (online) tarzda amalga oshirilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
30 iyuldagi 636-sonli qarori asosida tashish faoliyatini litsenziyalash jarayoni elektron (online) tarzda amalga oshirilishi hamda 2021 yil
6 dekabrdagi 738-sonli qarori aosida ochiq tenderlarni elektron tarzda o‘tkazish tartibi joriy etilganligi natijasida byurokratik to‘siqlar qisqarishiga erishildi va shu bilan birga korrupsiyaviy xavf-xatarlar oldi olinmoqda.
Shuningdek, Boshqarmada “Ishonch telefoni” (69 227 81 27) faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq boshqa xabarlarni ushbu aloqa kanali orqali qabul qilinib o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rib borilishi tizimda korrupsiyaviy xolatlarni oldini olishda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Shuningdek, ma’muriy bayonnomalarni elektron tarzda “Planshet” orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etilganligi inspektorlar tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish xavf-xatarlarini kamayishida ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Boshqarma xodimlarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini yuksaltirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.