Jahon banki Istanbulda transport sohasida xotin-qizlarning rolini oshirishga bag‘ishlangan konferensiya o'tkazmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2025 165 Yangiliklar

Jahon banki guruhi Turkiyaning Istanbul shahrida "Transport sohasida ayollar: rahbar va xodim sifatida ayollarni qo‘llab-quvvatlash" mavzusida konferensiya tashkil etib, xotin-qizlarning transport sohasidagi ishtirokini kengaytirish yo‘llarini qidirmoqda.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Тransport vazirligi vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Ikki kunlik tadbir Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab olgan va transport sektorining barcha sohalarida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan "Transportdagi ayollar" (WiT) tarmog‘iga bag‘ishlangan