Namanganda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi
Namangan viloyat hokimi tashabbusiga asosan "Yangi yil" bayramida aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 31 dekabr kuni yo‘nalishdagi avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi.
Xususan, Namangan shahridagi 1-sonli "3-kichik tuman-Taxtako‘prik", 7-sonli "Oromgoh-Eshobod“, 10-sonli "Xamza-Go‘zal", 12-sonli "Suv xo‘jaligi-Chorsu", 13-sonli "Chorsu-1 kichik tuman",18-sonli "Irvadon-Chorsu", 21-sonli "1 kichik tuman-Jaxon bozori", 23-sonli "Axsikent-36 maktab" va 29-sonli "Sherbuloq-Chorsu" yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslar xizmatidan bepul foydalanishingiz mumkin.
Namangan viloyati transport boshqarmasi.
@nammintrans