Namangan shahrida shahar transporti va yo‘l harakati tizimini zamonaviylashtirish maqsadida Xitoy tajribasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bugun Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjaev Xitoy xalq Respublikasining transport sohasida yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblangan "Jiangxi Tonglian" shahar va transport institutining katta muhandisi, fan doktori Xie Zhiquan boshchiligidagi mutaxassislar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida amalga oshirilayotgan "Jining" ittifoqi dasturi haqida ma’lumot berishdi. Mazkur dastur shahar va transport tizimlarini loyihalash, dizayn, dasturiy ta’minot, tadqiqot va ishlab chiqarish, shuningdek qurilish, boshqaruv, xizmat ko‘rsatish, tizimlarni baholash hamda sohadagi mutaxassislarni qayta tayyorlash kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Mutaxassislar Namangan shahrida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Shahar hokimi ushbu loyihalar Namangan uchun juda foydali ekanini ta’kidlab, ularni amalga oshirish lozimligini bildirdi. Shuningdek, u mazkur tashabbuslar Namangan texnika instituti loyihachilari tomonidan ishlab chiqilayotgan rejalar bilan uyg‘un holda olib borishga kelishib olindi.
Mazkur kelishuvlar Namangan shahrida transport tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi va samaradorligini oshirish yo‘lida xizmat qilada.