Namanganga xorijdan yana 30 ta yangi avtobus olib kelindi!

Chop etish Sahifani ulashish
24.03.2025 234 Yangiliklar

Navro‘z bayrami arafasida namanganliklar uchun yana bir sovg‘a – Xitoyning “ZHONG TONG BUS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobuslar yetib keldi.

Namangan shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida o‘tgan yili “Ekspress Dolina” MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan edi. Hozirgi vaqtda ular belgilangan uchta asosiy yo‘nalishlarda qatnab, yo‘lovchilar ishonchini qozondi. Endi esa “Turon-95 MBI” MChJ tomonidan yana 30 ta avtobus olib kelindi.

Mazkur jamoat transportlarida yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlar mavjud. Xususan, 25 o‘rindiqli avtobus yozda sovitish, qishda isitish tizimiga ega. “GPS” tizimi va har tomonlama videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Nogironligi bor kishilar uchun maxsus yo‘lak (pandus) hamda alohida joy ajratilgan.

Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar ko‘chalarida harakatlana boshlaydi.