Siyosiy marifat soati milliy qadryatlarimiz asosida olib borildi.
Milliy kiyimni kiyish – milliy qadriyatlarga hurmat!
Milliy kiyimlar – har bir xalqning o‘ziga xos madaniyatini, tarixini va qadriyatlarini aks ettiradigan muhim elementdir.
"Milliy Namangan" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi.
Mazkur qaror va chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan milliy libos, milliylikni targ‘ib etishga qaratilgan mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu nafaqat go‘zallik, balki tariximiz va merosimizga ehtirom belgisidir.
Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan targ'ibot ishlarida Namangan viloyati Transport boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.