“Ma’rifatli jamiyatda jaholatga qarshi ma’rifat”

Chop etish Sahifani ulashish
06.02.2025 193 Yangiliklar

Namangan viloyat transport boshqarmasi va uning tarkibiy tizimi xodimlari hamda tashuvchi korxonalar  vakillari ishtirokida 6 fevral kuni “Ma’rifatli jamiyatda jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Muloqot tarzida o‘tgan ushbu tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtorivich “Islom dinining ulug‘ insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy ahamiyati, jaholatga qarshi ma’rifat, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasida” mulohaza yuritdi.

Xususan, bugun ko‘pchilik insonlar insonparvarlik dini hisoblanmish islom dini buyurgan amallarga o‘zicha yondashib, yurish-turishi va noto‘g‘ri qarashlari bilan atrofdagilarga aks ta’sir etayotgani haqida fikrlashildi. Turli oqimlarning milliy o‘zligimiz, milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan bid’atlari ta’siridan saqlanish, hayot tarzida, kiyinishda, yurish-turishda, ibodatda buzg‘unchi yot g‘oyalarga uchmaslik, jamiyat ravnaqi uchun foydali bo‘lgan dunyoviy ilmlarni o‘rganishning islomdagi talqini, tinchlik va omonlikning qadrini his etish, bugungi tinch va osuda hayotga shukr qilish kabi masalalarda suxbatlashildi.

Shuningdek, yoshlar ongini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm illatlarining oldini olish  har birimizning burchimiz ekanligi haqida muloqot qilindi.