Namangan viloyati transport boshqarmasi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Chop etish Sahifani ulashish
05.02.2025 187 Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati, Davlatobod tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida Namangan viloyati transport boshqarmasi xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Ushbu tashabbus xodimlarning salomatligini nazorat qilish va ularning mehnat faoliyatida sog‘lom muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rik davomida har bir xodimga malakali shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazildi. Shuningdek, zarur hollarda qo‘shimcha maslahatlar va tibbiy tavsiyalar berildi.

Boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish unumdorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va salomatlik bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bu esa nafaqat xodimlarning jismoniy holatini yaxshilashga, balki boshqarmadagi umumiy ish muhitini yanada samarali va ijobiy qilishga xizmat qiladi.