2024-YIL 25-IYUL KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

24.06.2024

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1.

412 ЙТ

Хaqqulobod avtostansiyasi-Toshkent MMTP ikki tomondan

2.

371 YT

Yangiqo‘rg‘on avtostansiyasi-Kalishoh ikki tomondan

3.

301 YT

Chust avtostansiyasi-Varzigon ikki tomondan

4.

340 YT

Chust-Olmos ikki tomondan

5.

325 YT

Chust avtostansiyasi-Yangiobod ikki tomondan

6.

282 YT

Chust avtostansiyasi-Yorqishloq ikki tomondan

7.

277 YT

Chust avtostansiyasi-Chustnon ikki tomondan

8.

265 YT

Chust avtostansiyasi-Karnon ikki tomondan

9.

264 YT

Chust avtostansiyasi-Qayirma ikki tomondan

10.

262 YT

Chust-Ariqbo‘yi ikki tomondan

11.

261 YT

Chust avtostansiyasi-Sarqamish ikki tomondan

12.

164 YT

Chust avtostansiyasi-Zvutqand ikki tomondan

13.

162 YT

Chust avtostansiyasi-G‘ova ikki tomondan

14.

409 YT

Chortoq-Yangiqo‘rg‘on ikki tomondan

15.

360 YT

Namangan sh.-Qorapolvon ikki tomondan

16.

413 YT

To‘raqo‘rg‘on markaz-Bordimko‘l ikki tomondan

17.

224 YT

Xaqqulobod avtostansiyasi-Bo‘ston ikki tomondan

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(259).