2024-YIL 22-IYUL KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

21.06.2024

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1.

401 YT

Pop avtostansiyasi-Marg‘izor ikki tomondan

2.

202 YT

Pop avtostansiyasi-Parda Tursun ikki tomondan

3.

151 YT

Chust-Pop ikki tomondan

4.

156 YT

Pop-Uyg‘ursoy ikki tomondan

5.

155 YT

Pop avtostansiyasi-ShRZ Orom ikki tomondan

6.

398 YT

Chortoq avtostansiyasi-Beshkapa ikki tomondan

7.

311 YT

Chortoq-Qoramurt qishlog‘i ikki tomondan

8.

369 YT

Chortoq avtostansiyasi-Yortagi ikki tomondan

9.

300 YT

Chust avtostansiyasi-Karkidon ikki tomondan

10.

362 YT

Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on ikki tomondan

11.

219 YT

Chortoq-Poromon ikki tomondan

12.

395 YT

Jomashuy-Uychi ikki tomondan

13.

358 YT

Jomashuy-Qiziltol ikki tomondan

14.

221 YT

Kosonsoy avtostansiyasi-Yangi shahar ikki tomondan

15.

316 YT

To‘raqo‘rg‘on-Shoxidon ikki tomondan

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(259).