MILLIY TAShUVChILAR DIQQATIGA
Qozog‘iston Respublikasi bilan “uchinchi davlatga/dan” yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalarini berish E-Permit tizimi doirasida to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.
Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini berish jarayonini soddalashtirish, milliy tashuvchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlarni yaratish, tizimni raqamlashtirish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi bilan “uchinchi davlatga/dan” ruxsatnoma blankalari taqsimlanuvchi blankalar turidan chiqarilib, milliy tashuvchilarga ularning arizasi asosida faqatgina elektron shaklda berilishi boshlandi.
Shu o‘rinda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga eslatib o‘tamiz:
- ushbu turdagi ruxsatnoma blankasini olish uchun ariza berilganda haqiqatdan yuk ortilgan avtotransport vositasini ko‘rsating;
- yuk ortilmagan va ayni damda ehtiyoj mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza berishdan tiyiling (sizni qo‘lingizda ishlatilmasdan turgan ruxsatnoma blankasi boshqa hamkasbingiz uchun haqiqatdan zarur bo‘lishi mumkin);
- bitta yuk avtotransport vositasi uchun olingan ruxsatnoma blankasi haqiqatdan ishlatilmagunga qadar elektron tizim aynan ushbu transport vositasiga qayta ruxsatnoma taqdim etmaydi;
- ruxsatnoma blankasini olish uchun arizani shaxsiy kabinetingiz orqali istalgan manzildan berishingiz mumkin;
- xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalaridan foydalanish talablariga qat’iy amal qiling.