2024-YIL 16-APREL KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
||
1. |
215 |
Namangan-Axsi ikki tomondan |
2. |
214 |
Namangan-Yorqo‘rg‘on ikki tomondan |
3. |
201 |
To‘raqo‘rg‘on-Axsi ikki tomondan |
4. |
202 |
To‘raqo‘rg‘on-Qolgandaryo ikki tomondan |
5. |
211 |
Xaqqulobod-Kemaboshi ikki tomondan |
6. |
212 |
Kosonsoy-Chorbog‘ ikki tomondan |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari |
||
7. |
371 YT |
Yangiqo‘rg‘on-Kalishoh ikki tomondan |
8. |
401 YT |
Pop-Marg‘izor ikki tomondan |
9. |
251 YT |
Temiryo‘l kesishmasi-Toshbuloq (Xonobod orqali) ikki tomondan |
10. |
164 YT |
Chust-Zvutqand ikki tomondan |
11. |
231 YT |
Namangan-Xaqqulobod ikki tomondan |
12. |
415 YT |
To‘raqo‘rg‘on-Buramatut ikki tomondan |
13. |
377 YT |
Chust-Yangier ikki tomondan |
14. |
277 YT |
Chust-Chustnon ikki tomondan |
15. |
385 YT |
To‘raqo‘rg‘on-Baxt ikki tomondan |
16. |
219 YT |
Chortoq-Poromon ikki tomondan |
17. |
311 YT |
Chortoq-Qoramurt qishlog‘i ikki tomondan |
18. |
268 YT |
Kosonsoy-Namuna ikki tomondan |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(259).