Namangan shahriga 2025 yilda qo‘shimcha zamonaviy avtobuslar olib kelish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Chop etish Sahifani ulashish
05.02.2025 304 Yangiliklar

 2025 yil 3-4 fevral kunlari Namangan viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida  viloyatdagi yirik yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi  tadbirkorlar ishtirokida Samarqand shahridagi “SamAuto” avtobus ishlab chiqaruvchi  avtomobil zavodida bo‘lib, avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan “ISUZU” NS 45 rusumidagi  zamonaviy avtobuslari hamda zavodning boshqa turdagi avtomobillarni ishlab chiqarilishi bo‘yicha taqdimot marosimida qatnashdilar.

   Taqdimotda “SamAuto” avtomobil zavodi vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslar  shahar yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish hamda moliyalashtirish tizimini joriy etish talablariga to‘liq mos kelishi, avtobuslarga  ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini tashkil etish, avtobuslarning sifati hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 Taqdimot  davomida Namangan viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkorlar o‘z fikr va mulohazalari bildirib, zamonaviy avtobuslarni sotib olish bo‘yicha o‘zaro hamkorliklar qilish yuzasidan “SamAuto” avtomobil zavodi vakillari bilan kelishib oldilar.