Namangan shahrida Aqlli chorraha
Transport vazirligi huzuridagi “Raqamli transport Markazi” DM Namangan shahrida aqlli transport tizimlarini joriy etish loyihasi doirasida HUAWEI kompaniyasi bilan hamkorlikda shaharning uchta chorrahasida intellektual transport tizimlarini kompleks tatbiq etish bo‘yicha loyiha oldi o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Bugun Namangan shahrida “Aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Namangan shahar hokimi, Transport vazirligi, IIB YHX shahar bo‘limi vakillari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihachilari, HUAWEI kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.