SAYYOR QABULGA MARHAMAT!

05.09.2023

Namangan viloyati Transport boshqarmasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul 2023 yil, 7 sentyabr payshanba kuni soat 09:00 da Chust tumani,  “Kamarsada” MFYda joylashgan Xalq qabulxonasi binosida “Hududlarda transport tizimi faoliyatini samarali tashkil etish hamda bu borada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish yo‘lovchi va yuk tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarni joyiga chiqqan holda tadbirkorlik sub’ektlari bilan muloqot qilish orqali o‘rganish hamda ularni hal etish maqsadida" Boshqarma rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

 

 Hurmatli fuqarolar! Sizda transport bilan bog‘liq muammolar, murojaatlaringiz bo‘lsa sayyor qabulga kelishingiz so‘raladi. Har bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi, joyida tezkorlik bilan hal qilish choralari ko‘riladi.

 

Sayyor qabulga marhamat! Namangan viloyati transport boshqarmasi