2026-YIL 30-MART KUNI SOAT 12:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2026 49 Yangiliklar

Йўналиш рақами

Йўналиш номи

1

408

Jomashuy-Oqqum

2

174

Uchqo‘rg‘on-Qo‘g‘ay

3

362

Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on

4

164

Chust-Zvutqand

5

416

Chortoq-Zamir

6

426

Chust-G‘ova

7

427

Chust-Varzik

8

424

Chust-Pop (Sang orqali)

9

423

Yakkabuloq-Duoba MFY

10

421

Ko‘prik varzik-Koinot

11

422

Bog‘ishamol-Xisorak

12

YT 166

Namangan sh.-Jomashuy

13

YT 244

Namangan sh.-Kosonsoy

14

409

Chortoq-Yangiqo‘rg‘on

15

155

Pop-ShRZ orom

16

170

Jomashuy-Gurtepa

17

183

Jomashuy-Momoxon

18

425

Uchqo‘rg‘on-Burilma

19

VX 153

Namangan sh.-Pop

20

241

Namangan sh.-Baliqko‘l

21

154

Pop-Chodak

22

263

Chust-Dam (Shoyon orqali)

23

288

Namangan sh.-Shamsiko‘l

24

199

Chortoq-Jiydakapa (Uychi orqali)

25

431

Temir yo‘l kesishmasi-Toshbuloq

26

VX 347

Namangan sh.-Oqtom

27

429

Pop-Sang

28

241 A

Kosonsoy-Yangiqo‘rg‘on

29

205

Pop-Chorkesar

30

204

Pop-Gulbog‘

31

203

Pop-navbaxor

32

240

Kosonsoy-Xudoyberdiev (Yoshlik orqali)

33

206

Jomashuy-Damko‘l

34

207

Jomashuy-Madyarovul

35

208

To‘raqo‘rg‘on-Toshbuloq

36

209

Xaqqulobod-Qiziltov (Bo‘ston orqali)

37

216

Uchqo‘rg‘on-Xaqqulobod

38

213

Yangiqo‘rg‘on-Baliqko‘l

39

212

Kosonsoy-Chorbog‘

40

211

Xaqqulobod-Kemaboshi

41

202

To‘raqo‘rg‘on-Qolgandaryo (Buramatut orqali)

42

201

To‘raqo‘rg‘on-Axsi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

     Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

     Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan  (2026-yil 29-mart soat 12:00) keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

     Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00 (259).