2025-YIL 11-NOYABR KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2025 246 Yangiliklar

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1.

YT 171

Chortoq-7-maktab ikki tomondan

2.

YT 224

Xaqqulobod-Bo‘ston ikki tomondan

3.

YT 389

Yangiqo‘rg‘on-Damariq ikki tomondan

4.

YT 410

Yangiqo‘rg‘on-Qorapolvon (Ravidon orqali) ikki tomondan

5.

YT 408

Jomashuy-Oqqum ikki tomondan

6.

YT 401

Pop-Marg‘izor ikki tomondan

7.

YT 398

Chortoq-Beshkapa ikki tomondan

8.

YT 394

Yangiqo‘rg‘on-Oxunboboev ko‘cha ikki tomondan

9.

YT 391

Uychi-Guliston (Axsi orqali) ikki tomondan

10.

YT 373

Jomashuy-Chordona ikki tomondan

11.

YT 311

Chortoq-Qoramurt qishlog‘i ikki tomondan

12.

YT 371

Yangiqo‘rg‘on-Kalishoh ikki tomondan

13.

YT 368

Uychi-G‘ayrat ikki tomondan

14.

YT 301

Chust-Varzigon ikki tomondan

15.

YT 363

Jomashuy-Qolgandaryo ikki tomondan

16.

YT 282

Chust-Yorqishloq ikki tomondan

17.

YT 277

Chust-Chustnon ikki tomondan

18.

YT 265

Chust-Karnon ikki toвmondan

19.

YT 262

Chust-Ariqbo‘yi ikki tomondan

20.

YT 202

Pop-Parda Tursun ikki tomondan

21.

YT 159

Chortoq-Qorabog‘ikki tomondan

22.

YT 359

Pop-Yangiobod ikki tomondan ikki tomondan

23.

YT 175

Chortoq-Keskanyor (Laskidon orqali) ikki tomondan

24.

YT 151

Pop-Chust (Iskovut orqali) ikki tomondan

25.

YT 155

Pop-ShRZ orom ikki tomondan

26.

YT 156

Pop-Uyg‘ursoy ikki tomondan

27.

YT 185

Jomashuy-Qoraqalpoq ikki tomondan

28.

YT 270

Chortoq-Koroskon ikki tomondan

29.

YT 334

Kosonsoy-Xudayberdiev ikki tomondan

30.

YT 414

To‘raqo‘rg‘on-Oqtosh ikki tomondan

31.

YT 418

To‘raqo‘rg‘on-Xo‘jand ikki tomondan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan  (2025-yil 10-noyabr soat 15:00) keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00 (259).