2025-YIL 21-OKTABR KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
19.09.2025 173 Yangiliklar

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1.

288

Namangan sh.-Shamsiko‘l ikki tomondan

2.

181 A

Namangan sh.-Guldirov ikki tomondan

3.

199

Chortoq-Jiydakapa (Uychi orqali) ikki tomondan

Viloyatichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlari

4.

348

Namangan sh.-Xazratishoh ikki tomondan

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

5.

YT 404

Xaqqulobod-Qo‘g‘ay ikki tomondan

6.

YT 261

Chust-Sarqamish ikki tomondan

7.

YT 230

Xaqqulobod-Qo‘rg‘oncha ikki tomondan

8.

YT 358

Jomashuy-Qiziltol ikki tomondan

9.

YT 366

Pop-G‘urumsaroy ikki tomondan

10.

YT 409

Chortoq-Yangiqo‘rg‘on ikki tomondan

11.

YT 157

Qo‘g‘ay-Chorvador ikki tomondan

12.

YT 172

Qo‘g‘ay-Yangiobod ikki tomondan

13.

YT 173

Qo‘g‘ay-Qo‘rg‘oncha ikki tomondan

14.

YT 179

Qo‘g‘ay-Qurama ikki tomondan

15.

YT 199

Uychi-Jiydakapa ikki tomondan

16.

YT 267

Kosonsoy-Ravot ikki tomondan

17.

YT 342

To‘raqo‘rg‘on-Shaxand ikki tomondan

18.

YT 345

Pop-Pungon ikki tomondan

19.

YT 300

Chust-Karkidon ikki tomondan

20.

YT 319

Pop-Kenagas ikki tomondan

21.

YT 417

Kosonsoy-Chindovul ikki tomondan

22.

YT 223

Xaqqulobod-Shaxidmozor ikki tomondan

23.

YT 419

Norinkapa-Yangifarg‘ona ikki tomondan

24.

YT 285

Uchqo‘rg‘on-Xaqqulobod ikki tomondan

25.

YT 412

Xaqqulobod-Toshkent MMTP ikki tomondan

26.

YT 154

Pop-Chodak ikki tomondan

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan  (2025-yil 20-oktabr soat 15:00) keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00 (259).