2025-YIL 29-IYUL KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
26.06.2025 225 Yangiliklar

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1.

211

Xaqqulobod-Kemaboshi ikki tomondan

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari (Mikroavtobus)

2.

YT 244

Namangan-Kosonsoy ikki tomondan

3.

YT 166

Namangan-Jomashuy ikki tomondan

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari (Damas)

4.

YT 202

Pop-Parda Tursun ikki tomondan

5.

YT 311

Chortoq-Qoramurt qishlog‘i ikki tomondan

6.

YT 325

Chust-Yangiobod ikki tomondan

7.

YT 264

Chust-Qayirma ikki tomondan

8.

YT 277

Chust-Chustnon ikki tomondan

9.

YT 282

Chust-Yorqishloq ikki tomondan

10.

YT 362

Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on ikki tomondan

11.

YT 301

Chust-Varzigon ikki tomondan

12.

YT 316

To‘raqo‘rg‘on-Shoxidon ikki tomondan

13.

YT 398

Chortoq-Beshkapa ikki tomondan

14.

YT 224

Xaqqulobod-Bo‘ston ikki tomondan

15.

YT 171

Chortoq-7-maktab ikki tomondan

16.

YT 374

Xaqqulobod-Yangiobod ikki tomondan

17.

YT 159

Chortoq-Qorabog‘ ikki tomondan

18.

YT 373

Jomashuy-Chordona ikki tomondan

19.

YT 363

Jomashuy-Qolgandaryo ikki tomondan

20.

YT 154

Pop-Chodak ikki tomondan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan  (2025-yil 28-iyul soat 15:00) keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00 (259).