2025-YIL 23-MAY KUNI SOAT 15:00 DA SHAHAR, SHAHAR ATROFI VA VILOYAT ICHI SHAHARLARARO YO‘NALISHLARIDA ISHLASH HUQUQINI OLISH UCHUN NAVBATDAGI OCHIQ TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

Chop etish Sahifani ulashish
21.04.2025 201 Yangiliklar

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1.

217

Наманган ш.-Уйчи

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari (Mikroavtobus)

2.

YT 244

Namangan sh.-Kosonsoy

3.

YT 166

Namangan sh.-Jomashuy

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari (Damas)

4.

YT 159

Chortoq-Qorabog‘ ikki tomondan

5.

YT 215

Kosonsoy-Gurmiron ikki tomondan

6.

YT 218

Mingbuloq-To‘raqo‘rg‘on ikki tomondan

7.

YT 285

Uchqo‘rg‘on-Xaqqulobod ikki tomondan

8.

YT 287

Toshbuloq-Temir yo‘l kesishmasi ikki tomondan

9.

YT 363

Jomashuy-Qolgandaryo ikki tomondan

10.

YT 307

Kosonsoy-Buloqboshi ikki tomondan

11.

YT 373

Jomashuy-Chordona ikki tomondan

12.

YT 374

Norin-Yangiobod ikki tomondan

13.

YT 381

Jomashuy-Damko‘l ikki tomondan

14.

YT 419

Norinkapa-Yangifarg‘ona ikki tomondan

15.

YT 154

Pop-Chodak ikki tomondan

16.

YT 171

Chortoq-7-maktab ikki tomondan

17.

YT 395

Jomashuy-Uychi ikki tomondan

18.

YT 367

To’raqo’rg’on-Chust ikki tomondan

19.

YT 400

To’raqo’rg’on-Axsi ikki tomondan

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan  (2025-yil 22-may soat 15:00) keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Namangan viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00 (259).